Prof boksning super yarimo’rta vazn toifasida (-58,9 kg) faoliyat olib borayotgan Elnur Abduraimov (10-1, 9 KO) navbatdagi jangini Meksikada o’tkazdi.
Unga bu jangda yengilmas Anxel Daniel Garsiya Molina (15-0, 12 KO) raqiblik qildi. 10 raundlik jang 7-raundda yakunlandi. Elnur qo’lidan olgan jarohati ortidan jangni davom ettira olmadi.
Natijada Molina hisobiga texnik nokautli g’alaba yozildi. Uning g’alabali seriyasi 15 taga yetdi. O’zbekistonlik bokschi esa prof boksdagi ilk mag’lubiyatini qabul qilib oldi.
Izohlarni ko`rish