Jonni Depp o'zi chizgan suratlar savdosi ortidan anchagina pul ishlab topdi

Taniqli aktyor Jonni Depp tomonidan chizilgan tasviriy san’at asarlari Londondagi “Castle Fine Art Gallery” galereyasida 5,5 million dollar evaziga sotildi.

Aktyor o’z suratlarida musiqachi Bob Marli, yozuvchi Xanter Tompson, aktyorlar Xit Ledjer va River Fenikslarni tasvirlagan. Suratlar London shahridagi Kovent-Gardenda sotuvga qo’yilgan va 5 kun ichida sotib bo’lingan.

Jonni Deppning asarlari birinchi marta o’tgan yili Buyuk Britaniyada o’z egalariga topshirilgan edi. Musiqasi Bob Dilan, Kit Richards, Elizabet Teylor, Al Pachino kabi yulduzlar tasvirlangan suratlarning har biri o’rtacha 18 ming dollarga baholangan.