«Muhtasham yuz yil» seriali yulduzi Selma Ergech nafaqat Turkiyada, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham taniqli aktrisa hisoblanadi. O’ziga xos iste’dodga ega Selma Re Touch Magazine jurnaliga bergan intervyusida bir qancha qiziqarli ma’lumotlar bilan bo’lishdi.
«Tor kiyim kiyishni yoqtirmayman, ko’proq qulay kiyinishni yaxshi ko’raman. Tez-tez second hand (ishlatilgan, ikkinchi qo’l) kiyimlarini kiyaman, eski bo’lsa ham juda yaxshi. Men kiyimga xizmat qilmayman, aksincha ular menga xizmat qilsin. Qisqasi, qulaylik tarafdoriman», – deydi aktrisa.
«Nimani xohlayman bilasizmi? Kuni bo’yi baland poshnada yurishni. Buni juda ajoyib va chiroyli deb bilaman, o’zim esa poshnali tuflida atigi 10 daqiqagina tura olaman, xolos».
«Go’sht iste’mol qilmayman. Iloji boricha tabiatga g’amxo’rlik qilishga harakat qilaman. Men hech qachon plastik paketlar ishlatmaganman. Esimni taniganimdan buyon yonimda xarid qilish uchun sumka olib yuraman».
«Tibbiyot yaxshi ko’rib tanlagan kasbim edi, lekin hayot tasodiflari meni suratga olish maydonchasiga olib keldi. Vaqti-vaqti bilan suratga tushsam-da, doimo tibbiyotga qaytishni, bu sohada faoliyat olib borishni o’ylayman. Albatta, aktyorlik kafolatlanmagan kasb, shuning uchun oilam bu g’oyani qabul qildi. O’z ishimni ham juda yaxshi ko’raman, ammo tibbiyot sohasida ishlay olmayotganligim hamon yuragimda toshdek qolmoqda».
Selma – taniqli model va aktrisa. Uning ishtirokidagi «Muhtasham yuz yil» va «Osiyo» filmlari jahon miqyosida e’tirofga sazovor bo’lgan. Aktrisa 2015 yilda tadbirkor Jan Oz bilan turmush qurgan va ularning Yasmin ismli qizi bor.