«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov Yevropa Konferensiyalar ligasida «Zarya»ga qarshi o’yindan oldin gapirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

«Hafta oxiridagi natija biroz umidsizlikka tushirdi, lekin biz kuchli jamoamiz va ertaga avvalgi darajamizga qaytishni xohlaymiz. «Zarya»ga qarshi uchrashuvga barchamiz tayyormiz. Asosiysi, biz g’alaba qozonish uchun maydonga tushamiz», — dedi Shomurodov.

 

Eslatib o’tamiz, «Roma» – «Zarya» uchrashuvi 30 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.