«Manchester Yunayted»ning qarzi oshib bormoqda

«Old Trafford» stadionining rekonstruksiya qilinishi «Manchester Yunayted» klubining qarzini 1 milliard funt sterlinggacha oshishiga sabab bo’ladi.

Daily Mirror nashrining xabariga ko’ra, ayni damda mankunianliklar o’z stadion sig’imini 88 ming tomoshabinga yetkazish rejasini ishlab chiqmoqda, shuningdek, klub Karringtondagi mashg’ulotlar bazasini yangilamoqchi.

«Manchester Yunayted»ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi «Old Trafford»ni qayta ta’mirlash uchun o’z mablag’larini sarflamoqchi emas.

Ushbu loyihani amalga oshirish «qizil iblislar»ning hozirgi qarzini ikki baravarga, yana 500 million funt sterlingga oshiradi.

1910 yilda ochilgan stadionning ayni vaqtdagi sig’imi qariyb 75 mingni tashkil etadi.