Braziliya milliy jamoasi Mourinoga taklif tayyorladi

Joze Mourino faoliyatida ilk marta milliy jamoada ish boshlashi mumkin.

 

The Athletic xabariga ko’ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi (SBF) mamlakat milliy jamoasi bosh murabbiyligiga Mourinoni taklif etmoqchi.

 

Qayd etilishicha, mamlakat futboli rahbariyati bosh murabbiylik uchun hozirga qadar Karlo Anchelotti nomzodini asosiy da’vogar sifatida ko’rmoqda, ammo italiyalik mutaxassisning «Real» bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilgacha ekani va uning o’zi ham Madridda qolishni istayotgani sababli Mourino varianti ko’rib chiqilmoqda.

 

CBF Mourinodan keyingi nomzodlar sifatida «Fenerbaxche» ustozi Jorje Jezush, «Fluminense» bosh murabbiyi Fernando Diniz va «Palmeyras»ni boshqarayotgan Abel Ferreyra nomzodini ko’rmoqda.

 

Avvalroq, Mourino mavsum yakunida «Roma»ni tark etmoqchi ekani, Rim klubi ham portugaliyalik mutaxassis bilan xayrlashishga tayyorligi haqida xabar qilingandi.