«Boshqa klub topishi kerak, deb o'ylayman» Odil Ahmedov Shomurodovga“Roma”dan ketishni tavsiya qildi

O’zbek futbolining oxirgi yillardagi eng yorqin yulduzlaridan biri, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi, ikki karra O’zbekiston chempioni Odil Ahmedov Eldor Shomurodovga“Roma”dan ketish bo’yicha tavsiya berdi.

» Eldor bilan aloqadaman. Haqiqatan, “Roma”dagi ishlari yurishmay qoldi. Qishda boshqa klub topishi kerak, deb o’ylayman. Imkon qadar Yevropadan. Shomurodov u yerda o’zini va darajasini ko’rsata oldi. O’ziga ajratilgan daqiqalarda ham yaxshi o’ynadi, gol urdi. Lekin Rossiya premyer-ligasiga qaytmasligi kerak», — deydi u.

Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin O’zbekiston futbol assotsiatsiyasida vitse-prezident bo’lib ishlamoqda.