Shifokor Lazizbek Qo’chqorov:
– Baliqning yog’li turlari omega-3 yog’ kislotalariga va tabiiy oziq moddasi bo’lgan dimetilaminoetanolga boy. Yog’li baliqlarga boy parhez ajinlar paydo bo’lishining oldini oladi.
– Kakao yoki qora shokolad tarkibida flavonoidlarning (flavonollar) maxsus guruhi mavjud. Ular yallig’lanishga qarshi va erta qarishga olib keladigan erkin radikallarga qarshi kurashadi.
– Petrushkada S vitamini, karotinoidlar, xlorofill bor. Ular qonni tozalaydi va glutation ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, bu esa yosh tananing asosiy kaliti hisoblanadi.
«Sog’lom hayot»
Izohlarni ko`rish