Bokschilarimiz Xabarovskdagi xalqaro musobaqada 2 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi

Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks faxriysi Konstantin Korotkov xotirasiga bag’ishlangan an’anaviy xotira turniri o’z nihoyasiga yetdi.

23 may kuni start olgan musobaqada Rossiya, O’zbekiston, Belarus, Suriya va Mo’g’ulistondan 100 nafardan ortiq bokschi ishtirok etdi. Bahslarda terma jamoamiz a’zolari ikkita oltin, ikkita bronza medali qo’lga kiritishdi.

O’zbek bokschilari ichida quyidagi hamyurtlarimiz medalga sazovor bo’ldi:

Oltin:

-67 kg Bekzod Hamidov

-75 kg Saidjamshid Jafarov

Bronza:

-7z1 kg Timur Saidov

-92 kg Amirshoh Samadov