Benzemaning «Real»dan ketgisi yo'q

Madridning «Real» klubi Karim Benzema bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytirish bo’yicha muzokaralarni boshlashga tayyor. Bu haqda jurnalist Nikola Skira o’zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Fransiyalik futbolchi bilan amaldagi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Eslatib o’tamiz, seshanba kuni «PSJ»ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob uchrashuvida Benzema xet-trik qayd etib, «Real»ni turnirning keyingi bosqichiga olib chiqdi (3:2).

Umuman olganda, joriy mavsum 34 yoshli hujumchi «Real» safida barcha turnirlar doirasida 33 ta o’yin o’tkazib, 30 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.