«Liverpul» himoyachisi Joel Matip Premyer-liganing fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo’lga kiritdi. Bu haqda liga matbuot xizmati xabar berdi.
O’tgan oy Matip Premyer-ligada to’rtta o’yin o’tkazdi (barchasi g’alaba qozondi), bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Sovringa, shuningdek, «Byornli»dan himoyachi Ben Mi, «Nyukasl»dan Rayan Freyzer, shuningdek, «Sautgempton»dan hujumchilar Che Adams, «Tottenxem»dan Harri Keyn va «Kristal Pelas»dan Uilfrid Zaxalar da’vogarlik qilishdi.
Izohlarni ko`rish