Futbol bo’yicha Ispaniya La Ligasining 20-turidan o’rin olgan o’yinda «Real» 8 yanvar, shanba kuni «Valensiya»ga qarshi bahs yuritdi.
«Santyago Bernabeu»da o’tgan o’yinda umumiy hisobda 5 ta gol kiritildi. Dastlab birinchi bo’lim yakunlanishi arafasida Karim Benzema hisobni ochgan bo’lsa, 52 va 61-daqiqalarda Vinisius Junior ketma-ket ikki bor darvozani ishg’ol etib, dublni rasmiylashtirdi. Shundan so’ng mehmonlar Gonsalu Gedeshning goli evaziga hisobni qisqartirishga erishdi. 88-daqiqada esa Benzema o’zining o’yindagi ikkinchi, jamoasining esa to’rtinchi golini urib, bellashuvga yakuniy nuqtani qo’ydi.
Ushbu g’alabadan keyin «Real»ning ochkolari soni 49 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida karvonboshilik qilmoqda. 9-o’rindagi «Valensiya»ning hisobida 28 ochko mavjud.