IBF tashkiloti professional boksning ikkinchi yarim yengil (55,34 kg) vazn toifasida WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliyev (10-0, 7 KO) va majburiy da’vogar filippinlik Marlon Taralesga (35-3, 18 KO) qarshi jangga buyruq berdi va muzokaralar olib borish uchun 2 fevralga qadar muddat belgiladi.
Tomonlar o’zaro kelishuvga erishmagan taqdirda, jangni tashkil qilish uchun ochiq promouterlik savdosi o’tkaziladi.
Sobiq WBO chempioni hisoblangan Tapales o’tgan yil yakunida yaponiyalik Hiroaki Teshigavani 7-raundda nokautga uchratgan holda g’alaba qozonib, majburiy da’vogarlik maqomini qo’lga kiritgandi. Filippinlik bokschi oldinroq Murodjon Ahmadaliyev mag’lub etgan Ryosuke Ivasaga IBF vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jangda yutqazgan.