Benzema Raulni ortda qoldirdi

UEFA superkubogi sovrini uchun kechgan «Real» va «Ayntraxt» jamoalari o’rtasidagi bahsda madridliklar ishonchli g’alabani qo’lga kiritishdi (2:0). «Qirollik klubi»ning gollaridan biri Karim Benzema hisobiga yozildi.

Fransiyalik futbolchining «Madrid» safida urgan gollari soni 324taga yetdi. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha u jamoa afsonasi Raulni ortda qoldirib, to’purarlar ro’yxatida 2-o’ringa ko’tarilib oldi.

Klub tarixidagi eng yaxshi bombardir Krishtianu Ronaldu hisoblanadi (450 gol).