Qatarlik sport jurnalisti Germaniya terma jamoasining jahon chempionatini tark etganiga ijtimoiy tarmoqlarda shunday munosabat bildirdi.
Bu galgi jahon chempionatida nemis futbolchilari faqat Yaponiya bilan o’yin oldidan siyosiy harakatlari bilan yodda qoldi.
Ularga LGBT ramzlari tushirilgan “One Love” sardorlik bog’ichi bilan o’yinga tushishga ruxsat berilmadi. Bunga javoban nemislar maydonga tushganda og’izlarini yopib rasmga tushgandi.
Sobiq jahon chempionlari ketma-ket ikkinchi jahon chempionatida guruhda qolib ketdi: Rossiyadagi chempionatda ham Germaniya sensatsion tarzda pley-offga chiqa olmagandi.
Izohlarni ko`rish