«Barselona» qishki transfer oynasi yopilgunga qadar hujumchi Usmon Dembeleni PSJga sotishga tayyor, deya xabar beradi «Rac1».
Manbaga ko’ra, Kataloniya klubi 24 yoshli fransiyalik futbolchining transferiga PSJ futbolchilari, jumladan, hujumchi Mauro Ikardini ham kiritmagan holda rozi bo’lgan.
Dembele joriy mavsum “Barselona” safida 11 o’yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Hujumchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo’ljallangan. Transfermarkt portali fransiyalik vingerning narxini 30 million yevroga baholamoqda.
Izohlarni ko`rish