«Barselona» sport direktori Mateu Alemani Lionel Messining qaytishiga qarshi chiqdi. Jurnalist Toni Xuanmartining so’zlariga ko’ra, «ko’k-anorranglilar» rahbari bu g’oyaga ishtiyoq bilan qaramagan, biroq prezident Joan Laporta va bosh murabbiy Xavi Ernandes boshqacha fikrda bo’lgan.
Eslatib o’tamiz, Alemani yozda «Barselona»ni tark etib, hozirda bosh murabbiy Unai Emeri ishlayotgan «Aston Villa»ga o’tishga qaror qilgan. Balki Mateuning ketishi rahbariyat bilan kelishmovchiliklar bilan bog’liqdir.
Messi mavsum oxirida erkin agentga aylanishi mumkin, shu sababli “Barselona” uni o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Izohlarni ko`rish