«Barselona» hujumchisi Memfis Depay qishki transfer oynasida klubini o’zgartirishi mumkin. Mundo Deportivo xabariga ko’ra, futbolchiga «Roma» klubi qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, hujumchi xizmatlariga Turinning «Yuventus» klubi qiziqayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi. «Keksa sinora» o’tgan yozda Memfis bilan muzokara olib borgandi, biroq o’shanda tomonlar transfer bo’yicha kelisha olishmagan.
Depayning «Barsa» bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda futbolchi «Barselona» safida barcha turnirlarda bor yo’g’i 3 ta o’yin o’tkazib, 1 ta gol urgan.
Eslatib o’tamiz, rimliklar hujumida hozirda Temmi Abraxam, Paulo Dibala, Stefan El-Shaaravi va Eldor Shomurodov kabi futbolchilar yig’ilgan.