Messining otasi MLS’dagi Bekxem jamoasi bilan muzokara o'tkazdi

«Inter Mayami» klubi Lionel Messini qo’lga kiritish bo’yicha harakatlarni olib bormoqda. Bu haqda «The Athletic» xabar tarqatdi.

Manbaga ko’ra, «PSJ» hujumchisining otasi Xorxe Messi sobiq futbolchi Devid Bekxemga tegishla bo’lgan MLS klubi bilan muzokara olib bormoqda. Tomonlar shu paytgacha bir nechta uchrashuv o’tkazishga ulgurishdi.

Avvalroq parijliklar Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib borishayotgani haqida xabar tarqatilgandi. 35 yoshli futbolchining 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.

«Barselona» ham Leoni ortga qaytarish haqida o’ylamoqda. Argentinalik futbolchi kelajagi borasidagi qarorni Qatardagi jahon chempionatidan so’ng qabul qiladi.