Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov MMA jangchisiga uy sovg’a qildi. Bu haqda Olamsport nashri xabar qildi.
Ma’lum bo’lishicha, viloyatda MMA bo’yicha viloyat hokimi kubogi uchun ikkinchi xalqaro turnir bo’lib o’tgan. Ushbu turnirning asosiy jangi sifatida Shohasan Mirzamatov va braziliyalik Txiago Olivera o’rtasidagi jang tanlangan. Mazkur jangda o’zbekistonlik Shohasan Mirzamatov g’alaba qozongan.
Jangdan so’ng hokim Andijon farzandi Shohasan Mirzamatovga viloyat hokimi yangi uy sovg’a qilgan.
Izohlarni ko`rish