Serbiya poytaxti Belgradda boks bo’yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun, 30 oktyabr kuni hamyurtlarimiz ishtirokidagi dastlabki jangda Nodirjon Mirzahmedov JChdagi debyutini o’tkazdi.
-48 kg vaznli bokschi Nodirjon Mirzahmedov JChdagi ilk jangini irlandiyalik Rikki Nesbittga qarshi o’tkazdi va g’alabaga erishib, chorak finalga yo’llanma oldi.
Uning keyingi bosqichdagi raqibi qozog’istonlik Temur Tasjusupov bo’ladi.
-80 kg vaznda o’zbekistonlik Odiljon Aslonov 2-bosqichda (1/16 final) italiyalik Simone Fiori bilan jang qilib, ishonchli g’alabaga erishdi va 1/8 finalga yo’l oldi.
Aslonov saralashdagi raqibi ringga chiqmagani uchun avtomatik ravishda keyingi bosqichga o’tgandi.
U keyingi bosqichda amerikalik Robbi Gonsalesga qarshi ringga ko’tariladi.
Ma’lumot uchun, O’zbekiston boks jamoasi turnirga 13 nafar bokschi bilan yo’l olgan. Bungacha Odiljon Aslonov va Nodirjon Mirzahmedovdan tashqari, Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev (ikkita jang), Saidjamshid Ja’farov, Lazizbek Mullajonov, Shahobiddin Zoirov, Madiyar Saidrahimov va Abdumalik Halokov o’z janglarida g’alaba qozonib, ishtirokini davom ettirmoqda, Hasanboy Do’smatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahram G’iyosov musobaqani erta tark etdi.
Bugun yana 2 nafar o’zbekistonlik bokschi ringga chiqadi:
-63,5 kg. Mujibullo Tursunov – Tayga Imanaga (Yaponiya) (21:55dan so’ng)
-75 kg. Saidjamshid Ja’farov – Yuito Marivaki (Yaponiya) (23:30dan so’ng).