Oxirgi 10 yil ichida dunyoda jurnalistlarga uyushtirilgan 81% qotilliklar jazosiz qolib ketgan

🌐 Oxirgi 10 yil ichida dunyoda jurnalistlarga uyushtirilgan 81% qotilliklar jazosiz qolib ketgan. Bu haqida 2021 yilgi Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasining (CPJ) Global Jazosizlik Indeksi ma’lumot bermoqda.

 

Tashkilot ma’lumotlariga ko’ra, so’nggi o’n yil ichida dunyoda 278 jurnalist o’z xizmat vazifasini bajarayotganda o’ldirilgan. 226 ta holatda (81%) hech kim jinoyat uchun javob bermagan.

 

Somali, Suriya, Iroq, Janubiy Sudan, Afg’oniston, Meksika, Filippin, Braziliya, Pokiston va Rossiya CPJ Global Jazosizlik indeksining kuchli o’ntaligiga kirgan.