Globalfirepower tuzgan yangi reytingda O’zbekiston armiyasi O’rta Osiyoda eng kuchli armiya bo’lib, MDH davlatlari orasida Rossiya va Ukraina, Belarusdan keyin to’rtinchi o’rinni egalladi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. Dunyoning eng kuchli armiyalari qatorida O’zbekiston 51 o’rinni egallab, globalfirepower.com ma’lumotiga asosan o’tgan 2020 yilgi natijasini bir pog’ona yaxshilashga erishgan.
Reyting tuzuvchilar O’zbekiston armiyasini O’rta Osiyoda eng kuchli deb hisoblaydi, Qozog’iston – 61, Ozarbayjon — 63, Turkmaniston – 86, Qirg’iziston – 93, Tojikiston – 99 o’rinlarni egallashdi.
Hozirgi kunda siyosiy vaziyat beqaror bo’lib turgan Afg’oniston 75 o’rinda qayd etilgan.
Reytingda jami 140 mamlakat ishtirok etdi.
MDH mamalakatlari orasida O’zbekiston Rossiya va Ukraina va Belarusdan keyin, to’rtinchi o’rinni egalladi. Rossiya umujahon reytingida ikkinchi o’rinni, Ukraina yigirma beshinchi o’rinni, Beralus esa elliginchi o’rinni egallagan.
Reyting tuzishda 50 dan ortiq turli faktlar hisobga olingan. Ular orasida harbiy xizmatchilar soni, harbiy texnika soni va turi, iqtisodiy imkoniyatlar va mamlakatning joylashgan joyi hisobga olingan.
Ma’lumot uchun, Global Firepower portali, 2006 yildan beri dunyoning 140 ta davlat armiyalarini baholab keladi.