Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi yozgi transfer oynasida yana bir shov-shuvli transferni amalga oshirishni maqsad qilgan.
Jurnalist Adrien Grenye xabariga ko’ra, Ar-Riyod klubi «PSJ» himoyachisi Serxio Ramosni yozda o’z safiga qo’shib olishni rejalashtirmoqda. Klub Ispaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagan 36 yoshli himoyachiga shartnoma taklif qilishga tayyor. Klub Ronalduning tashrifidan keyin boshqa yulduz o’yinchilarning ham Saudiyaga kelishiga ishonmoqda.
Qayd etish joiz, Ramosning amaldagi kelishuvi 2023 yilning yozida yakuniga yetadi. U Parij klubi bilan kelishuvni hozircha uzaytirmagan. Futbolchiga hozircha jiddiy taklif tushmagan.
Ma’lumot uchun, Ramos joriy mavsum klubi safida jami 31 o’yinda 2ta gol va bitta assistni amalga oshirgan.