Ronaldu Ramosning Saudiyaga kelishini xohlaydi

Krishtianu Ronaldu «Real»dagi sobiq jamoadoshi Ramosni kelasi mavsum oldidan «An-Nasr»da ko’rishni xohlaydi.

Agar ispaniyalik futbolchi «PSJ» bilan shartnomasini uzaytirmasa, «An-Nasr» yozda Serxio Ramosni tekinga Saudiyaga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, 36 yoshli himoyachi Liga 1 gigantidan keladigan taklifni oxirigacha kutishga ahd qilgani qayd etilgan.

Eslatib o’tamiz, o’tgan kuni Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.