Afsonaviy basketbolchisi Bill Rassell 88 yoshida vafot etdi

NBA tarixidagi eng sovrindor basketbolchi 88 yoshida vafot etdi

U eng ko’p sovrinlar bo’yicha liga rekordiga ega edi.

NBA’dagi 13 mavsumda (1956-1969) Rassell «Boston» bilan 11 marta NBA chempionligini qo’lga kiritgan. U shuningdek, besh marta mavsumning eng yaxshi basketbolchisi sovrinini qo’lga kiritgan va 12 marta «Yulduzlar o’yini»da ishtirok etgan.

Bundan tashqari, Rassell «Seltiks» bosh murabbiyi sifatida ikki marta NBA chempionligini qo’lga kiritgan (1968, 1969). Bill 1975 yilda Jeyms Neysmit basketbol shon-shuhrat zaliga kiritilgan. Murabbiylik faoliyatidagi yutuqlari uchun esa 2021 yilda qayta kiritilgan edi.

Ma’lumot uchun, 2009 yildan beri NBA final bosqichining eng yaxshi basketbolchisi uchun beriladigan sovrinni Bill Rassell nomi bilan ataydi.