Sofiya shahridagi taekvondo WT bo’yicha kadetlar o’rtasidagi Jahon chempionatida 16 nafar o’zbekistonlik taekvondochi ishtirok etdi va ularning 10 nafari sovrindor bo’ldi.
“Laylo Hasanova barcha raqibalarini mag’lub etib, jahon chempioni bo’ldi. Musobaqa tashkilotchilari aynan Hasanovani “Eng yaxshi qiz taekvondochi” deb topishdi”, – deyilgan xabarda.
Dilmurod Ma’rufjonov kumush, Sofiya Xan, Ahadjon Muxtorov, Javohir Hidoyatov, Nigora A’zamjonova, Omina Ergasheva, Rozalina Tolibjanova, Ominaxon Kamalova va Mubina Bobosaidova esa bronza medaliga sazovor bo’lishdi.
Izohlarni ko`rish