Xalqaro Paralimpiya qo’mitasi (IPC) Boshqaruv kengashi sport turlari bo’yicha federatsiyalarning arizalari asosida o’tkazilgan keng qamrovli tahlillar jarayonidan so’ng 2028 yili Los-Anjelesda o’tadigan yozgi Paralimpiya o’yinlari dasturidan o’rin oladigan 22 sport turi ro’yxatini tasdiqladi.
Tasdiqlangan sport turlariga ko’ra, para badminton, bochcha, golbol, ko’zi ojizlar futboli, para dzyudo, para kanoe, para ot sporti, para stol tennisi, aravachada tennis, aravachada qilichbozlik, aravachada basketbol, para kamondan otish, para yengil atletika, para pauerlifting, para voleybol, para suzish, para akademik eshkak eshish, para o’q otish, para taekvondo, para triatlon, aravachada regbi, para velosport “Los-Anjeles-2028” o’yinlari tarkibiga kiritildi.