Yurib ketayotgan avtomobil ustiga osmondan baliq tushdi

Amerikaning Tennessi shtatida harakatlanayotgan avtomobil ustiga osmondan baliq tushdi. Bu haqda «The Charlotte Observer» nashri Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish agentligiga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda «Daryo.uz».

Ed Laynberger Tennessi shtatining Kingston shahridagi Uotts Bar ko’li yaqinida mashina boshqarib ketayotgan edi. To’satdan uning mashinasiga osmondan oq olabug’a balig’i tushdi.

Baliq boshi bilan mashinaning bamperiga yopishib qolgan. Mashina buzilgan yoki yo’qligi hozircha noma’lum.

Yovvoyi tabiat agentligi burgut u bilan o’lja talashgan boshqa qush tufayli baliqni tushirib yuborgan, deb taxmin qilmoqda.

Yurib ketayotgan avtomobil ustiga osmondan baliq tushdi
loading…