7 raqamining sirli ajoyibotlari

Ko’pchilik 7 raqamining “shaydosi”. Yangi avtomobil xarid qilgan kishidan “Qaysi raqamni olgan bo’lardingiz?”, deb so’rasangiz ko’pchiligi uchta yettiga ega bo’lishni xohlaydi. Mashhur futbolchilarning ko’pchiligi shu raqamda maydonda to’p suradi. Ko’pgina xalqlarda 7 soni xosiyatli raqam hisoblanadi. Xullas, hayotda shu raqam bilan bog’liq bir qancha ajoyibotlar mavjud. 7 kun, 7 mo»jiza, 7 xazina, 7 avlod, 7 iqlim, 7 rang, 7 sayyora, 7 dengiz, 7 farz va boshqalar.

Quyida mashhur yettiliklar e’tiboringizga havola etamiz.

Dunyoning yetti mo»jizasi:
1. Misr ehromlari;
2. Bobil osma bog’lari;
3. Artemida ibodatxonasi;
4. Galikarnas dahmasi;
5. Zevs haykali;
6. Rodosdagi haykal;
7. Iskandariya mayog’i.

O’rta asrlarning yetti mo»jizasi:
1. Rim kollizeyi:
2. Iskandariya yerosti yo’llari;
3. Buyuk Xitoy devori;
4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi;
5. Stounhenj;
6. Piza minorasi;
7. Nanjing budda ibodatxonasi.

Dunyoning yetti tabiiy mo»jizasi:
1. Everest cho’qqisi;
2. Katta Barrier rifi;
3. Grand Kan’on;
4. Viktoriya sharsharasi;
5. Rio de Janeyro bo’g’ozi;
6. Paricutin vulqoni;
7. Shimoliy ko’llar.

Etti xazina:
1. Sigir – ro’zg’orning qassobi va baqqoli;
2. Asalari – oilaning tabibi;
3. Ipak qurti – qizlarning sepi;
4. Objuvoz – qozonning yog’i;
5. Tegirmon – qorinning belbog’i;
6. O’rmon – imorat “suyagi”, qozon ­olovi;
7. Tovuq – ham obiyovg’on, ham dori-darmon.

Hafta kunlari:
dushanba, seshanba, chorshanba,
payshanba, juma, shanba, yakshanba.

Moddalarning yetti ko’rinishi:
qattiq, suyuq, gazsimon, plazma, neytron, epiplazma, fizik vakuum holati.

Etti musiqa notasi: do, re, mi, fa, sol, lya, si.

Etti avlod:
farzand, nevara, chevara, evara, pannevara, ovora, begona.

Etti iqlim: ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik, mo»tadil, subarktik, arktik.

Etti rang: oq, sariq, qizil, qora, ko’k, yashil, apelsin.

Etti sayyora: Qadimgi xalqlar yetti muqaddas sayyora inson hayotiga, taqdiriga, o’zaro harakatlariga bog’liq deb tushunganlar. Ular:

Quyosh – Kuch-g’ayrat ramzi;
Oy – Dilbarlik ramzi;
Mars – Jangu jadal timsoli:
Merkuriy – Donolik ramzi;
Yupiter – Baxt ramzi;
Venera – Sevgi ramzi;
Saturn – Dehqonchilik ramzi.

Manba: postda.uz

7 raqamining sirli ajoyibotlari
loading…