Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tashkiloti (YuNESKO) dunyo bo’ylab 1000 dan ortiq tarixiy ob’yektlarni insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini e’lon qildi.
2020 yildan beri Turkiya 16 ta madaniy va 2 ta aralash YuNESKOning Jahon merosiga mezbonlik qilib kelmoqda. Aralash meros ob’yektlari tabiiy va madaniy ahamiyatga ega unsurlarni o’z ichiga oladi. Turkiya bo’ylab sayr qilar ekansiz, ko’z o’ngingizda tarix jonlanadi. Noyob madaniyat va tarixiy ahamiyatga ega joylar hayratingizni oshirib, insoniyatning keng madaniy merosi haqidagi bilimingizni boyitadi.
YuNESKO Jahon merosi ro’yxatida Turkiya juda ko’p marta qayd etilgan. 2020 yil holatiga ko’ra, Turkiyadagi madaniy, tarixiy va tabiiy qiymatga ega bo’lgan ob’yektlar soni taxminiy ro’yxatda 84 taga yetdi. Bularning barchasi katta tarixiy ahamiyatga ega bo’lib, shubhasiz, himoya va xalqaro e’tirofga loyiqdir.
Insoniyatning ilk asrlaridan boshlab ko’plab madaniyatlar Turkiyaga joylashgan va bu go’zal mamlakat bo’ylab o’z izlarini qoldirgan. Tabiat mo»jizalarning muhtasham namunalari, boy madaniy meros bilan yonma-yon turadi.