YuNESKOning Jahon merosi ob'yektlari ro'yxatiga kiritilgan Onado'lidagi yog'och ustunli masjidlar

Qurilishlarida qo’llaniladigan yog’och o’ymakorligi va hunarmandchilik bilan mashhur bo’lgan O’rta asr Onado’lisining yog’och gipostil masjidlari Turkiyadan YuNESKOning Jahon merosi ro’yxatiga yangi qo’shilgan Gordionning “izidan bordi”. Masjidlar 2023 yil 10-25 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni Podshohligining Ar-Riyod shahrida bo’lib o’tgan YuNESKO Jahon merosi qo’mitasining 45-kengaytirilgan sessiyasida YuNESKO ro’yxatiga kiritildi. Yog’och masjidlarning ro’yxatga kiritilishi bilan Turkiyaning Jahon merosi ob’yektlari soni 21 taga ko’tarildi.
Onado’lidagi yog’och gipostil masjidlarining eng yaxshi namunalari sifatida ajralib turadigan tarixiy masjidlar, Turkiyaning Jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan ilk qator madaniy maskanlari bo’ldi. Ushbu mulklar turkumi Onado’lida 13-asr oxiri, 14-asr o’rtalarida qurilgan beshta «Hypostyle» masjidlaridan iborat bo’lib, ularning har biri Turkiyaning turli viloyatida joylashgan. YuNESKO ro’yxatidagi masjidlar orasida Koniyadagi Beyshehir Eshrefog’lu masjidi, Eskishehirdagi Sivrihisar Ulu masjidi, Kastamonudagi Koshuko’y Mahmut Bey masjidi, Anqaradagi Ahi Sherefeddin masjidi, shuningdek, Arslanhane va Afyonkarahisar Ulu masjidlari o’rin olgan.
Tamoman farqli hududlarda joylashuviga qaramay, bu masjidlar umumiy texnik xususiyatlarni namoyish etadi. YuNESKO ma’lumotlariga ko’ra, masjidlarning o’ziga xos me’moriy dizayni, tom va shiftini tirgab ko’tarib turadigan, tekis tizilgan yog’och ustunlar («gipostil») va tashqi bino fasadini o’z ichiga oladi. Ular o’zining murakkab yog’och o’ymakorligi va hunarmandchiligi bilan ham ajralib turadi. O’rta asrlardan hozirgi kungacha qoniqarli saqlanib qolgan bu tarixiy binolarda Onado’li hayoti va madaniyati yorqin aks ettirilgan.

YuNESKO ro’yxatidagi haqiqiy masjidlar

Beyshehir Eshrefog’lu masjidi Onado’lining yog’och ustun va to’sinli masjidlari orasida eng yirigidir. 1296-1299 yillarda qurilgan masjid Saljuqiylar davridagi tosh va yog’och hunarmandchiligining fusunkorligini aks ettiradi. Unda ko’plab saljuqiy masjidlarida ko’rilgan barcha xususiyatlar mavjud: yog’och ustunlar, butunlay yog’och va «qalam ishi» naqshlari bilan bezatilgan shift va yog’ochdan yasalgan minbar.
Sivrihisar Ulu Jome Masjidi Onado’lidagi yog’och ustunli katta masjidning yana bir nodir namunasidir. 2500 kishi bir vaqtning o’zida ibodat qila oladigan sakkiz asrlik Sivrihisar masjidining to’rtta kirish eshigi va tomi 67 ta yog’och ustun bilan mustahkamlangan. Qo’lda chizilgan naqshlar bu ustunlarning yuqori qismlarini bezaydi. Masjid geometrik va gulli naqshlar bilan bezatilgan yong’oq daraxtidan yasalgan minbari bilan ham mashhur.
Saljuqiylar (Onado’li Saljuqiylar davlati) qulashi natijasida tashkil etilgan bekliklardan biri Chandar bekligi davrida 1366 yilda qurilgan Shehirko’y Mahmud Bey masjidi Onado’lidagi yog’och masjidlar orasida alohida o’rin egallaydi. U bironta mixsiz qurilgani va o’ziga xos yog’ochli tuzilishi bilan ajralib turadi. San’at durdonasi hisoblangan masjid eshigi hozir Kastamonu etnografiya muzeyida saqlanmoqda.
Arslanhane nomi bilan ham tanilgan Ahi Sherefeddin masjidi, tashqaridan juda oddiy ko’rinishiga qaramay, sakkiz asrlik tarixga ega muhim asardir. 13-asr boshlarida qurilgan masjid, maqbara majmuasi devoriga qadimiy sher haykali o’rnatilgani sababli turkchada «Arslonxona» degan nomni olgan.
Shahardagi eng katta masjidlardan biri bo’lgan Afyonkarahisar Ulu Jome masjidi 1272-1277 yillar orasida qurilgan. Masjid sirlangan koshin, yog’och va g’ishtli me’morchiligi bilan Saljuqiylar davrining noyob namunalaridan biridir. Uning yog’ochdan yasalgan tomi, qo’li gul ustalar tomonidan 40 ta yog’och ustunlar bilan ta’minlangan.