Yerga ikkita xavfli asteroid yaqinlashmoqda

Potensial xavfli ikkita asteroid Yerga yaqinlashmoqda, deb xabar qildi NASA.

27 may va 1 iyun kunlari kosmik ob’yektlar sayyoradan minimal masofada uchib o’tadi.

Mutaxassislarning fikriga ko’ra, birinchi asteroid 2021 JF1ning diametri 94-210 metrni tashkil etadi – bu Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali o’lchamidan kattaroq.

Ob’yekt soniyasiga taxminan 17 kilometr tezlikda uchmoqda. NASA olimlari uni «Apollon» guruhining yer yuzidagi eng xavfli ob’yektlaridan biri deb tasniflaydi.

2021 KT1 deb nomlangan ikkinchi asteroid diametri undan kattaroq – 150-330 metr. Uni Parijdagi Eyfel minorasi bilan solishtirish mumkin.

Ob’yekt Yerga soniyasiga taxminan 18 kilometr tezlikda yaqinlashmoqda.