Yerga 10 ta o’rtacha avtobusga teng, ya’ni diametri 160 metr bo’lgan asteroid 41500 kilometr/soat tezlikda yaqinlashmoqda. Bu tovush tezligidan qariyb 34 baravar yuqori. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Kosmik jism 2013 WV44 deb nomlanadi. U sayyoramiz uchun potensial xavfli bo’lgan kosmik toshlarga tegishli va kosmik standartlar bo’yicha Yerga yaqin masofaga yaqinlashadi.
“10 yil avval kashf etilgan ushbu asteroidning kengligi taxminan 160 metrni tashkil etadi, uning Yerga qarab harakatlanish tezligi esa 41,5 ming km/soat. 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:00 da ushbu asteroid Yerga 3,3 million kilometr masofada yaqinlashadi. Garchi bu Oydan 9 marta uzoqroq bo’lsa-da, mazkur masofa hanuzgacha xavfli hisoblanadi”, — deydi mutaxassislar.