Yaponiyalik muhandislar internet tezligi bo'yicha jahon rekordini yangiladi

Milliy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari instituti (NICT) muhandislari jamoasi 3 ming kilometrdan ortiq masofada yuqori tezlikni saqlab, soniyasiga 319 terabit internet tezligiga erishdi. Avvalgi jahon rekordi soniyasiga 178 terabit edi.