Xabaringiz bor, «Bavariya» va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski FIFA talqini bo’yicha 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ma’lum bo’lishicha, Levandovski Lionel Messini bor-yo’g’i 4 ochkoga ortda qoldirdi. Messi o’z navbatida «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohdan 5 ochko oldinda edi. Karim Benzema Muhammaddan 9 ochko ortda qolmoqda.
Avvalroq biz Levandovskining qo’lga kiritgan sovriniga munosabatini e’lon qilgan edik. Polshalik futbolchi ketma-ket ikkinchi marta FIFA talqiniga ko’ra eng yaxshi bo’ldi.
Izohlarni ko`rish