image0

O‘zgidromet 2025 yil yanvar oyida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, havo harorati yanvar oyi boshi uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Keyinchalik, oyning oxirigacha harorat kechalari 3-8 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, shimolda 10-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Harorat kechalari 10-12 daraja daraja sovuqqacha, shimolda 17-20 daraja sovuqqacha qisqa davrga pasayishi ehtimoli bor.

Oyning ayrim kunlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda yanvar oyi odatda qanday bo‘ladi?

Sinoptiklarga ko‘ra, yanvar oyi O‘zbekistonda har doim ham eng sovuq oy bo‘lavermaydi. 2002—2003 yillarda dekabr oyi yanvar va fevral oylariga nisbatan eng sovuq oy bo‘lgan. 2013—2014 yillarning fevral oyi esa dekabr va yanvar oylariga nisbatan eng sovuq bo‘lgan.

O‘zbekistondagi barcha qish oylari kabi, yanvar oyi ham iliq va sovuq davrlar o‘rin almashib turishi bilan ajralib turadi. Butun yanvar oyi sovuq bo‘lgan yillar juda kam kuzatiladi.

Barcha kuzatuv davrlari uchun hududning katta qismi bo‘yicha 1969 va 2008 yillarda yanvar oylari eng sovuq bo‘lib, me’yordan 8-12 darajaga past bo‘lgan,  asrda esa 2006 va 2023 yillarning yanvar oylari eng sovuq bo‘lib, me’yordan 4-7 darajaga past bo‘lgan.

So‘nggi yillarda sovuq yanvar oylariga qaraganda iliq yanvar oylari tez-tez takrorlanmoqda.