Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozirda qanday ko'rinishda?

Har yili bir xil filmlarni ko’rib, zerikmaymiz — ular Yangi yil kayfiyatini yaratadi. Filmlarda o’ynagan bolalar esa ulg’ayib, katta hayotga allaqachon qadam qo’ygan.

Kiran Kalkin — Fuller Makallister, «Uyda yolg’iz» (1990)

Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozirda qanday ko'rinishda?

Makoley Kalkinning ukasi Rojdestvo haqidagi eng mashhur film «Uyda yolg’iz»da akasi bilan birga rol o’ynagan. Biz uni Makkallisterlar oilasining eng kichigi — kulib turadigan ko’zoynakli bolakay Fuller sifatida eslaymiz. Ammo hozir Kiran Kalkin 20 dan ortiq rollarni o’ynagan va «Oltin globus» mukofotiga nomzod bo’lgan mashhur aktyordir.

Elison Porter — Syu, «Jingalaksoch Syu» (1991)

Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozirda qanday ko'rinishda?

Aktrisa va qo’shiqchi Elison Porter 3 yoshidan boshlab qo’shiq kuylaydi. 5 yoshida u musiqiy shouda eng yaxshi yosh vokalchiga aylandi. Unga eng katta shuhrat keltirgan Syu roli uning kinodagi beshinchi roli bo’ldi. Katta bo’lgach Elison musiqiy karyerani afzal ko’rdi va o’z guruhini tuzdi. 2016 yilda Porter Amerikaning «Ovoz» shousining 10-mavsumida g’olib bo’ldi.

Jozef Kross — Charli Frost, «Jek Frost» (1998)

Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozirda qanday ko'rinishda?

Bir paytlar «Jek Frost» ertak filmida rok musiqachisi Charlining moviy ko’zli o’g’li rolini o’ynagan Jozef balog’at yoshida ham o’zini aktyorlikka bag’ishlashda davom etmoqda. Uning eng ko’zga ko’ringan ishlaridan biri bu «Nafrat» dramasidagi Devis Grin roli va «Hammasi go’zal» ilmiy-fantastik filmidagi Lernert roli. Ba’zi loyihalarda u prodyuser va rejissyor sifatida ham ishlaydi.

Teylor Momsen — Sindi, «Grinch — Rojdestvo o’g’risi» (2000)

«Grinch — Rojdestvo o’g’risi» filmidagi Grinchning qiz do’sti Kichkina Sindi allaqachon katta bo’lgan. Hozirda bu rolni ijro etgan Teylor Momsen The Pretty Reckless rok guruhining solisti hisoblanadi. O’zining uzoq yillik faoliyati davomida (Momsen 2 yoshidan boshlab reklama va filmlarda suratga tushgan), u o’zini aktrisa va model sifatida sinab ko’rdi (uning eng mashhur roli «G’iybatchi qiz» serialidagi Jenni Xamfri), lekin oxir-oqibat musiqa bilan shug’ullanishga qaror qildi.

Tomas Brodi-Sengster — Sem, «Haqiqiy muhabbat» (2003)

Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozirda qanday ko'rinishda?

Sem «Haqiqiy muhabbat» filmida o’ynashdan oldin televizion filmlarda tajribaga ega edi. Bu rol uning katta ekrandagi debyuti bo’ldi va darhol bir nechta nominatsiyalarga sazovor bo’ldi. Keyinchalik u «Jon Lennon bo’lish» filmida yosh Pol Makkartni sifatida paydo bo’ldi, keyin esa «Qirolicha yurishi» serialida iste’dodli shaxmatchi Benni Uots rolini o’ynaydi. U, shuningdek, onasi bilan Winnet musiqiy guruhining a’zosi hisoblanadi. 2022 yil boshida u o’zini model sifatida ham sinab ko’rdi va Milan moda haftaligidagi podiumda ko’rinish berdi.

Sofya Vasileva — Eloiza, «Eloiza-2: Rojdestvo» (2003)

Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozirda qanday ko'rinishda?

Asli kelib chiqishi rus bo’lgan amerikalik aktrisa Sofya Vasileva bolaligida Eloiza haqidagi ikkita telefilm — «Eloizaning sarguzashtlari» va «Eloiza-2: Rojdestvo» filmlarida shaddod Eloiza rolini ijro etib, tomoshabinlarni o’ziga rom etgan. U keyinchalik ham karyerasini kino bilan bog’ladi: uni «Medium» va «Alyaskani izlab» seriallarida ko’rish mumkin.

Jorji Xenli — Lyusi Pevensi, «Narniya yilnomalari» (2005)

Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozirda qanday ko'rinishda?

«Narniya yilnomalari» filmidagi Lyusi Pevensi roli bilan mashhur bo’lgan Jorji Xenli katta bo’lganda ham o’zining aktrisalik faoliyatini sahnada va televidenieda davom ettirdi, masalan, uni «Ispan malikasi» teleserialida Margarita Tyudor rolida ko’rish mumkin. U Kembrij universitetida tahsil olgan.

Ell Fenning – «Qarsildoq» (2010)

Yangi yil haqidagi sevimli filmlarda rol ijro etgan bolakay va qizaloqlar hozirda qanday ko'rinishda?

Ell Konchalovskiyning «Qarsildoq» filmidagi Meri va «Malefisenta»dagi malika Avrora rollarini ijro etgan. Vaqt o’tishi bilan aktrisa ajoyib filmografiyasi va xilma-xil rollari bilan eng ko’zga ko’ringan Gollivud yulduzlaridan biriga aylanishga muvaffaq bo’ldi.

Daryo.uz