«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov yanvar oyida jamoani tark etishga yaqin turibdi.
O’zbekistonlik futbolchi faoliyatini «Torino»da davom ettirishni istamoqda. «Sky Sport» tarqatgan xabarga ko’ra, ayni paytda klublar o’zaro muzokara olib borishmoqda hamda jarayon deyarli yakuniga yetib qoldi.
Shomurodov «Torino»da jarohat olgan hujumchi Pyetro Pellegrining o’rnini egallashi kutilmoqda. Rimliklar keyinchalik majburiy sotib olish sharti bilan Eldorni mavsum oxirigacha ijaraga berishni rejalashtirishmoqda.
Izohlarni ko`rish