Yangi ilon turiga aktyorning nomi berildi

Olimlar Peruda ilonning yangi turini topib, unga “Yulduzlar jangi” va “Indiana Jons” filmlari bilan tanilgan Gollivud aktyori Xarrison Ford nomini berishdi.

Sudralib yuruvchilarning yangi turi Tachymenoides harrisonfordi deb nomlandi. Bu haqda batafsil ma’lumot Salamandra ilmiy jurnalida allaqachon e’lon qilingan.

Fordning o’zi ta’kidlaganidek, hayvonot olami vakillari uning sharafiga nomlanishi birinchi marta emas. Oldinroq chumolilar va o’rgimchaklarning yangi turlariga ham aktyorning nomi berilgan edi.