BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

Afandi 5 yashar o’g’lini ziyofatga olib borgandi. Dasturxon atrofiga o’tirishgandan o’g’li stoldagi taomlar, meva-chevalarni paqqos tushira boshladi. Mehmonlar qarshisida mulzam tortgan afandi o’g’lining qulog’iga shivirladi:

— Bolam, sal sekinroq-da! Muncha ochopatlarday duch kelgan ovqatni og’zingga tiqmasang?

O’g’li javob berdi:

— Dada, siz bilmaysiz. Olmada «O» vitamini bor. Holvada «H» vitamini bor. Mantida «M» vitamini bor…

Afandi o’g’lining yuziga tarsaki tortdi-da, dedi:

— O’g’lim, shapaloqda «Sh» vitamini bor.

 

* * *

 

Shisha idishlar qabul qilish punktiga bomj kelib so’radi:

— Kechirasiz, sizlar viskidan bo’shagan idishlarniyam olasizlarmi?

Punkt xodimi uning yelkasidagi viskidan bo’shagan idishlar to’la qopga qarab oldi-yu, dedi:

— Ha, janob!

 

* * *

 

Nevara bobosidan so’radi:

— Bobo, yoshlik paytingizda qaerda ko’p o’tirardingiz? «Kontakt»dami, yo «Odnoklassnik»dami?

— Yoshligimda, bolam, odnoklassnik qiz bilan kontaktga kirishish uchun qachon qarasa qo’shnimizning makkapoyasi orasida o’tirardim.

 

* * *

 

Matematika muallimasi o’quvchidan so’radi:

— Tasavvur qil, senga 200 dollar berdim. Sen bu pulning 50 dollarini Oyshaga, ellik dollarini Zahroga, yana ellik dollarini Manzuraga berding. Nima bo’ladi?

— Jinnixonaga tushib qolaman.

 

* * *

 

Ota o’g’lidan so’radi:

— Maktab direktoringning familiyasi nima?

— Bilmayman.

— Sinf rahbaringniki-chi?

— Uniyam bilmayman.

— Ie, yoshing o’n beshga yetdi-yu, haliyam «bilmayman» dan nariga o’tolmasang!.. Nechanchi sinfda o’qiyotganingni bilarsan, hech bo’lmasa?

— Albatta. Ahmoqmanmi bilmay?

— Xo’sh, nechanchi sinfda o’qiysan?

— Uchinchi.

 

* * *

 

Juhud og’aynisiga dedi:

— Kasalman. Lekin do’xtirga bormayman. Juda qimmat olarkan.

— Yo’g’-e!.. U birinchi marta borganlardan qimmat so’raydi. Ikkinchi, uchinchi marta borsang, o’sha pulning yarmisini oladi.

Bu gapni eshitgan juhud vrach qabuliga bordi va dedi:

— Salom do’xtir! Men yana keldim!

 

* * *

 

Beva ayol dugonasiga dedi:

— Men judayam qo’rqib ketyapman. Tasavvur qil, yarim kechasi marhum erim kirib kelsa-ya!?. Meni qo’rqitsa-ya!?.

— Qo’rqma, u tirikligidayam soat ertalabki beshdan oldin uyga kelmagan.

 

* * *

 

— Voy, dugonajon, nega turmushga chiqding? Hali ering o’lganiga bir yil to’lmadi-ku!

— Ie, qara-ya, buyog’ini o’ylamabman-ku! Ha mayli, kelasi safar sal e’tiborliroq bo’laman.

 

* * *

 

Erkak o’rmonga borib kattakon archaning ostida turib olgancha Xudoga nola qilardi:

— Xudoyim, menga shu archada nechta igna bo’lsa, shuncha boylik ato et!

Buni eshitgan tanishi so’radi:

— Agar shuncha boylikka ega bo’lib qolsang, mengayam yarmini berasanmi?

— Bu nima deganing? Yo senga o’rmonda archa kamlik qilyaptimi?

 

* * *

 

Bir odam it yetaklab ketayotgan boshqa bir odamdan so’radi:

— Zoti qanaqa bu itning?

— Bu it militsiya xizmatchisi.

— O’xshamaydi-ku!

— To’g’ri, o’xshamaydi. Chunki u maxfiy bo’limda xizmat qiladi.

 

 

 

BI-IR KULIShMAYMIZMI?..BI-IR KULIShMAYMIZMI?..BI-IR KULIShMAYMIZMI?..