XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

PULDAN BUNYoD ETILGAN UY

 

Irlandiyalik hech qaerda ishlamaydigan rassom Frenk Bakli Dublinda o’zi uchun haqiqiy yevro valyutasidan butun boshli uy bunyod etdi. Bu uyni tiklash uchun 1 mld, 400 mln yevro miqdoridagi qog’oz pullar zarur bo’ldi. Xo’sh, shuncha pulni hech qaerda ishlamaydigan rassom qaerdan oldi deb o’ylaysiz? Pul topishda muammo bo’lmadi. Irlandiya markaziy bankidagilar utilizatsiya qilinishi lozim bo’lgan o’sha pullarni rassomga hadya qilishdi. To’g’ri-da, baribir hamma pulni yoqib yuborishardi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

Xullas, rassom bu qog’oz pullardan eniga 5, bo’yiga 15 santimetrli g’ishtlar yasadi. Keyin qurilish boshlandi. Uyni bunyod etish uchun 5, 10, 20, 100, 200 yevrolik qog’oz pullar ishlatildi. Har bir g’isht uchun esa 50 ming yevrodan pul ketgandi. Uy yotoqxona, mehmonxona va vannaxonadan iborat bo’ldi. Polni presslangan qog’oz pullardan bunyod etishdi. Rassomning aytishicha, yevrodan qurilgan uyda qahraton qish mavsumida ham ko’rpa yopinmay, ich kiyimda uxlasa bo’larkan. Chunki pullar sovuq o’tkazmas bo’lib chiqibdi.

— Kelgusida oshxona va xoll ham quraman, — deydi rassom. — Shubhasiz, ular ham qog’oz pullardan tiklanadi. Qizig’i, bu uy Dublin markazida joylashgan. Xuddi shu hududda yaqin-yaqinlarda haybatidan ot hurkadigan ofislar bor edi. Ammo moliyaviy inqiroz manaman degan milliarderlarni ham charchatib qo’ydi. Ular shu ofislar, ko’p qavatli hashamatli uylarni qurish uchun milliardlab pul sarflashgandi. Hamma pullari havoga uchdi. Hozir ofislar ham, uylar ham huvillab yotibdi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…