BILASIZMI?..

 

 

MANDARIN HAQIDA HAQIQATLAR

 

1. Qadimiy Xitoyda mandarin baxt, boylik va uzoq umr ko’rish timsoli hisoblangan. Shuning uchun xitoyliklar mehmonga borsa, uy egalariga bir nechta mandarin sovg’a qilishgan. Uy egalari ham ular ketayotganda albatta mandarin sovg’a qilgan.

2. Mandarin Xitoy tilidan tarjima qilinganda, «boy» ma’nosini beradi.

3. Mandarin so’zi 8 ta harfdan iborat, to’g’rimi? Xitoyliklar uchun 8 raqami «omad» timsoli sanaladi. Aytishadiki, agar 8 ta mandarinni aylana shaklida terib chiqilsa, omadning cheki bo’lmas ekan.

4. Mandarinning vatani Xitoy hisoblanadi. Keyinchalik bu meva turini Hindiston, Yaponiyada ham yetishtira boshlashdi. XIX asrga kelib Yevropa hamda Janubiy Afrikada ham mandarin yetishtirish urfga aylandi.

5. Mandarinning turlari ko’p. Ular gibrid, tanjerin, natsumikan, sintrandarin, tangor, ichandarin, kalamondin, klementinlardir. Oddiy mandarinlarning mayda turi limon bilan chatishtirish orqali yaratilgan.

6. Mandarin terish juda mashaqqatli mashg’ulot. Bu meva yaxshi saqlanishi va chirimasligi uchun ularni uzish emas, aksincha novdasidan qaychi yordamida kesib olish lozim.

7. Mutaxassislarning aytishicha, mandarinning mayda turini sotib olgan ma’qul ekan. Chunki ular sersuv va shirin bo’ladi.

8. Mandarin quruq havoda tez ziyon ko’radi. Shuning uchun bu meva saqlanadigan joyda namlik kuchli bo’lishi lozim.

9. Mandarinning po’stlog’i organizm uchun jiddiy ziyon yetkazadi. Chunki uni yetishtirishda va qayta ishlashda ximikatlardan unumli foydalanishadi.

10. Mandarin salomatlik uchun juda foydali. U immunitetni ko’taradi. Yangi uzilgan mandarin sharbati isitmani tushirishda, chanqoqni qondirishda, astma va bronxitga qarshi profilaktik amallarda juda asqotadi. Oshqozonda ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi, ishtahani ochadi. Ammo mandarinni allergik xastaliklar, oshqozon yarasi, gastritga uchraganlar yemasligi lozim.

Olimjon HAYIT tayyorladi

BILASIZMI?..BILASIZMI?..BILASIZMI?..