BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

Jarroh hamshiradan so’radi:

— Operatsiyani boshlashimiz kerak. Nega haliyam novokain tayyor emas?

— Novokainni nima qilasiz? Bemor kar-soqov-ku!

 

* * *

 

Xotin:

— Menga uylanmasingizdan oldin nuqul shahar aylantiraman, istirohat bog’lariga olib boraman deb va’da berardingiz. Hech qaerga olib bormayapsiz-ku!

— Qachon olib bormabman? O’tgan yili oyog’ing sinib qolganda shahar markazidagi poliklinikaga kim olib bordi? Men olib bordim-ku!

 

* * *

 

Do’konda.

— Dadasi, menga anavi ko’ylakni olib bering!

— Yo’q, bu ko’ylak modadan qolgan.

— Unda manavisini olib bering!

— Yo’q, u hali moda bo’lmagan.

 

* * *

 

— Kecha menga bezorilar hujum qilishdi. Qo’l soatimni, katmonimni tortib olishdi.

— Ie, axir, senda boks bo’yicha qo’lga kiritgan oltin medaling bor edi-ku!

— Uni topa olishmadi.

 

* * *

 

Ikki tipratikon uchrashib qolishdi. Birining panjalari doka bilan boylab tashlangan. Do’sti so’radi:

— Senga nima bo’ldi?

— E, yelkamni qashigandim…

 

* * *

 

Yangi boy mashinasini texnik ko’rikdan o’tkazayapti. Inspektor so’radi:

— Manavi qizil tugmacha nima?

— Bu yomg’irga qarshi… Bossangiz…

— Tushundim, darrov mashinaning tepa qismi yopiladi.

— Yo’q, yomg’ir yog’ishdan to’xtaydi.

 

* * *

 

Juhud og’aynisidan so’radi:

— Shunday yaxshi soatni qaerdan sotib olding?

— Otam o’limidan oldin sotgan.

 

* * *

 

— Og’ayni, ko’rinmaysan, qaerda eding?

— O’g’lim bilan hayvonot bog’iga bordim.

— O’, qanday hayvonlarni ko’rdilaring?

— Yo’lbarsni ko’rdim. Qafasda turib odamga yaqin kelarkan-da, F-f-f-f deb baqirarkan.

— Aldama! Men yo’lbarslarni bilaman. Ular R-r-r-r deb baqirishadi.

— To’g’ri, basharasi bilan yaqinlashsa, shunday baqiradi.

 

* * *

 

Qari juhud o’layotib o’g’illariga vasiyat qildi:

— Tobutimga topgan pullarimning hammasini solib keyin meni dafn qilinglar!

O’g’illar shuncha harakat qilishsayam pullar tobutga sig’masmish. Shu payt ko’chadan boshqa bir qari juhud o’tib ketayotib ulardan so’rabdi:

— Nima qilyapsizlar?

— Otamiz tobutga bor pullarini solib keyin dafn etishimizni vasiyat qilgandi. Pullarni sig’dirolmayapmiz.

— E, ahmoqlar, chek yozib ber, qutulasan-qo’yasan.

 

* * *

 

Juhud oltin baliq tutib oldi. Baliq:

— Uchta tilak tila, bajo keltiraman!

— Men yuz million dollarim bo’lishini istayman.

— Yaxshi.

— Yigirma yoshga yosharishni istayman.

— Bajariladi.

— 150 yil yashashni istayman.

— Xo’p.

— Esingda tut, bu birinchi tilagim edi!

 

BI-IR KULIShMAYMIZMI?..BI-IR KULIShMAYMIZMI?..BI-IR KULIShMAYMIZMI?..