XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

OLMAXON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Olmaxon Antarktida va Avstraliyadan tashqari barcha hududlarda yashaydi.

2. Ular yovvoyi tabiat qo’ynida 7-8 yil umr ko’radi. Albatta boyqush kabi yirtqichlarga yem bo’lmasa.

3. Olmaxon suvda suzishni juda yaxshi o’zlashtirgan. Ammo jundor dumi ho’llangach, cho’kib ketish holatlari uchraydi.

4. Xuddi chumoli kabi olmaxon ham qishga keragicha ovqat g’amlab berkitadi. Ammo xotirasi sustligi bois ko’pincha berkitgan ovqatini topa olmaydi.

5. Olmaxon qafasda saqlansa, o’zidan ko’paya olmaydi.

6. Olmaxon bolalari tishsiz dunyoga keladi. Ulg’aygan olmaxonlarning esa jami to’rtta tishi bo’lib, bir umr o’sishda davom etadi.

7. Olmaxon erkagi urg’ochining hidini bir kilometr uzoqlikdan sezadi.

8. Dunyodagi eng jajji olmaxon Afrika olmaxoni hisoblanadi.

9. Qishni och qolmasdan o’tkazishi uchun olmaxonga kamida 2-3 mingta yong’oq kerak bo’ladi.

10. Olmaxon balanddan pastga qulasa, yaralanmaydi, o’lmaydi. Chunki uning dumi parashyut vazifasini o’taydi. Shu dumi daraxtdan daraxtga sakraganda, rul o’rnida asqotadi.

 

BO’RON HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Shamol soniyasiga 30 metr, yoki soatiga 117 kilometr tezlikka yetsa, bo’ron deb ataladi.

2. Tevarakni vayron qilish quvvatiga ega bo’ronlar asosan tropik iqlimga ega hududlarda yuzaga keladi. Ular ko’plab tirik jonzotlarnig yostig’ini quritadi.

3. Bo’ron nafaqat yer, balki atmosferaga ega boshqa sayyoralarda ham mavjud. Masalan, Yupiterda «Qizil dog’» deb nomlangan kuchli bo’ron bir necha asrlardan beri tinmayapti.

4. So’nggi ikki yuz yil ichida bo’ronlar oqibatida ikki millionga yaqin odam hayotdan ko’z yumgan.

5. «Katrina» bo’roni yer yuzida vayrongarchiliklarni keltirib chiqarish bo’yicha tengsiz hisoblanadi. U Amerikaga yuz milliard dollar miqdorida moddiy ziyon yetkazgan.

6. Bo’ronlar quturgan mahal 15 kilometrgacha yuqoriga ko’tariladi.

7. Kuchli bo’ronlar asosan okeanlar, dengizlar tepasida paydo bo’ladi. Quruqlikda yuzaga kelgan bo’ronlar tez fursatda to’xtab qoladi.

8. Bo’ronning o’rta qismida shamol mavjud bo’lmaydi. Uning markazi 25-30 kilometrgacha bo’lgan hududga ega bo’ladi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…