XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ASALARI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Odam bir qoshiq toza asalga ega bo’lishi uchun 200 ta asalari kun bo’yi to’xtovsiz ishlashi kerak bo’ladi.

2. Sheriklarini yemish bor joy topilgani haqida ogoh etish uchun asalarilar bir joyda aylangan holda maxsus raqs ijro etadi.

3. Asalarilar soatiga o’rtacha 24 km tezlikda harakatlanadi.

4. Bir kunda asalari 12 gektar maydonni aylanib chiqa oladi.

5. Asalarilar to’dasining sof vazni o’rtacha 8 kilogrammga teng bo’ladi.

6. Bir asalarilar oilasi 50 mingta a’zodan iborat.

7. Bitta asalari oilasining 30 foizga yaqin a’zosi har kuni gullarni changlash bilan band bo’ladi.

8. Toza asal katta miqdorda glyukozadan tashkil topadi.

9. Sibirdagi har bir asalarilar oilasi mavsum davomida 500 kilogrammga yaqin asal yig’adi.

10. Asalarilar oilasida har bir a’zoning vazifasi aniq taqsimlanadi.

11. Asalarilar tutunni xush ko’rmaydi. Tutun ularni g’azablantiradi.

12. Ona asalari qanchalar tajovuzkor bo’lmasin, odamni baribir chaqmaydi.

13. Asalari gulning hidini 1 kilometr uzoqlikdan seza oladi.

14. Bir kilogramm asal yig’ish uchun asalari 10 millionta gulga qo’nib chiqishi kerak.

15. Asalarilar bir-biri bilan tanasini o’ziga xos tarzda qimirlatish yordamida muloqot qiladi.

16. Asalari o’z vaznidan 20 karra og’irroq yukni ko’tarib ucha oladi.

17. Asalari bir soniyada 440 marta qanot qoqadi.

18. Seylon aholisi asalari bilan oziqlanadi.

19. Asal kosmonavtlar va g’avvoslarning kundalik taomi hisoblanadi.

20. Kir sovunning hidi asalarilarni tinchlantirish xususiyatiga ega.

21. Qadimda rimliklar va greklar yangi keltirilgan go’shtni konservalash uchun asaldan foydalanishgan. Asal har qanday taomning uzoq saqlanishini ta’minlay oladi.

22. Qadimiy misrliklar marhumni mo’miyolashda asaldan unumli foydalanishgan.

23. Har bir asalari ini oldiga maxsus soqchilar tayinlanadi. Ular ichkaridagi asalni begonalardan qattiq turib himoya qiladi.

24. Asalarilar bir-birlarini tanadan taraluvchi isi orqali tanishadi.

25. Asalarining ko’zlari beshta bo’ladi.

26. Asalari odamni chaqishi bilan o’sha zahoti o’lim topadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…