XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ODAM TERISI HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Odam terisi tarkibida melanin fermenti mavjud. U teri rangi uchun javobgar hisoblanadi.

2. Agar mikroskop orqali odam terisini kuzatsangiz, millionlab to’qimalarga ko’zingiz tushadi.

3. Terimizdagi dumaloq shaklli jarohatlar boshqa shakldagilariga nisbatan kechroq bitadi.

4. Odam terisida 20 tadan 100 tagacha hol mavjud bo’lishi mumkin.

5. Teri — bu odamning eng yirik a’zosi sanaladi.

6. Ayol terisi erkaklarnikiga nisbatan yupqaroq bo’ladi.

7. Qumursqalar aksar holatlarda odamning oyoq terisini chaqadi.

8. Terining silliqlik yoki dag’allik darajasi tarkibidagi kollagenlar miqdoriga qarab belgilanadi.

9. Odam terisi uchta qatlamdan iborat.

10. Yoshi ulug’ odamning terisi 26-30 kunda to’liq yangilanadi. Chaqaloqning terisi yangilanishi uchun esa atigi 72 soat kerak bo’ladi xolos.

11. Odam terisi o’zidan mikroblar keng tarqalishiga qarshi kimyoviy moddalar ishlab chiqara oladi.

12. Afrika va Yevropa xalqlari terlaganda, terdan boshqa xalqlardagiga nisbatan ko’proq temir moddasi ajralib chiqadi.

13. Odamzod umri davomida taxminan 18 kilogramm teri tashlaydi.

14. Odam terisi bir kunda 1 litrdan ko’proq ter ishlab chiqaradi.

15. Odam terisining taxminan 70 foizi suv, 30 foizi oqsildan tashkil topgan.

16. Terimizda sepkillar o’smir chog’larimizda paydo bo’lib, 30 yoshdan keyingina yo’qolib ketishi mumkin.

17. Odam terisi tarkibida taxminan 150 ta asab tolasi mavjud.

18. Yangi tug’ilgan chaqaloq terisi qalinligi 1 millimetrga teng bo’ladi.

19. Oq rangli odam terisi 20-50 ming yil oldin paydo bo’lgan.

20. Ayrim odamlar terisi tarkibida melaninlarsiz tug’iladi va ularni albinoslar deb atashadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…