Ayol: — Azizim, men senga bir gap aytmoqchiydim.
Erkak: (Qiziqqannamo jimjitlik)
Ayol: — Bilasanmi… Men sevib qoldim…
Erkak: (Ehtiyotkorona jimjitlik)
Ayol: — Yo’q, senimas.
Erkak: (Ginalangannamo jimjitlik)
Ayol: — Ha… Mening o’zim ham afsusdaman…
Erkak: (Mulahazali jimjitlik)
Ayol: — U kim ekanini bilging kelyaptimi?
Erkak: (Tasdiqlagannamo jimjitlik)
Ayol: — U Sasha.
Erkak: (ijirg’angannamo jimjitlik)
Ayol: — Yo’q, u sen o’ylagan Sashamas… Bolalikdagi do’stingmas… U umuman erkak emas…
Erkak: (Tushunmagannamo jimjitlik)
Ayol: — U… Qo’shni ayol…
Erkak: (Hayratlangannamo jimjitlik)
Ayol: — Ha, men uni anchadan beri sevaman.
Erkak: (Afsuslangannamo jimjitlik)
Ayol: — Ha, u ham meni sevadi. U shunday ajoyibki…
Erkak: (Kulimsiragannamo jimjitlik)
Ayol: — Sen-chi?.. Sen menga anchadan beri hech narsa sovg’v qilmay qo’ygansan… Hech qaerga olib bormaysan.
Erkak: — (Bezovtalangannamo jimjitlik)
Ayol: — Men bilan bunday ohangda gaplashma!.. Xudoyim, nega menga shunaqangi er nasib qilgan-a?.. Quruq!..
Erkak: (Norozilangannamo jimjitlik)
Ayol: — Semiz!.. Doim o’zingni o’ylaysan! Sen hech qachon meni sevmagansan! Doim xiyonat qilib kelgansan.
Erkak: (Namoyishkorona jimjitlik)
Ayol: — Yaramas! Maraz!.. Eshak!..
Erkak: (Xafalangannamo jimjitlik)
Ayol: — Piyonista! O’n yildan beri aroq ichasan!..
Erkak: (Xo’rsingannamo jimjitlik)
Ayol: — Bo’ldi, ketaman! To’ydim!..
Erkak: (Qo’rqib ketgannamo jimjitlik)
Ayol: — Ha, ketaman! Ortiq toqatim yetmaydi!
Erkak: (Yalingannamo jimjitlik)
Ayol: — Ha, yoqmadimi? Qo’rqib ketdingmi?
Erkak: (Arzlangannamo jimjitlik)
Ayol: — Mayli, qo’rqma, hozircha ketmayman.
Erkak: (Quvongannamo jimjitlik)
Ayol: — Xo’p, xafa bo’laverma!.. Bilasanmi, Sasha ham sen haqingda doim yaxshi gaplarni gapiradi. Eri senga o’xshamaganiga afsuslanadi… Uf-f… Haqiqatan… Menga qara, hamma erlar ham qaniydi senga o’xshasa… Soqov, joyidan qimirlay olmaydigan, buning ustiga sendaqangi boy bo’lishsa-a?..
Erkak: (Murdalangannamo jimjitlik)
Olimjon HAYIT tayyorladi