XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

DUBAY HAQIDA ODDIY HAQIQATLAR

 

1.

 

BIR-BIRIDAN BO’SA OLGANLIK UChUN JARIMA

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

Dubayda kunduz kunlari erkak va ayolning bir-biridan bo’sa olishi, hatto qo’l ushlashib yurishi ham taqiqlangan. Agar qo’lga tushsa, sayyoh bo’lsa ham katta miqdorda jarima to’laydi. Ayrim holatlarda turmaga tushishi ham hech gap emas.

 

2.

FOHIShABOZLIK TAQIQLANADI

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

Bu shaharda fohishabozlik bilan bir qatorda narkotik va spirtli ichimliklar iste’moli, oldi-sotdisi ham taqiqlovga olingan. Qiz-juvonlar kunduzi qo’llari ochiq holda yursa ham baloga qoladi. Ammo qorong’i tushishi bilan shahar bo’yicha 30 000 nafardan ziyod fohishalar tanasini sota boshlaydi. Ular begona erkaklardan bir soatlik kayf-safo uchun 500 dollarni qurtdek qilib sanab oladi. Dahshatlisi, qorong’i tushgach, fohishabozlikka politsiyachilar ham ko’z yumadi. Umuman aytganda, zinoni dubaylik boyvachchalar biznesga aylantirgan.

 

3.

 

YoTIB YeGANGA TOG’ HAM ChIDAMAYDI

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

Puling ko’p bo’lsa, sahroi kabirda jannat yaratish ham cho’t emas. Yaqin Sharq davlatlari, jumladan, BAA ham qora oltin zahiralari nihoyat darajada ko’pligidan yettinchi osmonlarda parvoz qilmoqda. Lekin olimlarning taxminicha, qariyb 20 yildan so’ng neft zahiralari tugash pallasiga kiradi. Ana unda Dubay boyvachchalarining holi ne kecharkin? Buni endi xudoning o’zi biladi.

 

4.

 

DUBAYDAGI MILLATChILAR

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

Dubayda ish beruvchilar ishchining bilimi yoki tajribasiga emas, pasportiga qarab haq belgilaydi. Masalan, amerikalik va yevropaliklar boshqa bir millat vakili bilan bir xil ish bajarishiga qaramay, ikki-uch barobar ko’proq haq oladi.

 

5.

 

QULDORLAR

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

Tashqaridan qaraganda, Dubay juda chiroyli shahar. Lekin ichkarilab borsangiz, naq do’zaxga tushib qolganingizni his eta boshlaysiz. Hujjatlarning, shartnomalarning barchasi joyida. Muammo yo’q. Biroq Hindiston, Pokiston, Xitoydan ishlab pul topaman deb kelganlar to’g’ridan-to’g’ri qullik balosiga yo’liqadi. Ularning pasportlarini olib qo’yishadi, arzimas haq to’lashadi, keragidan ko’proq ishlatishadi.

 

6.

 

DUBAY QONUNLARI KAMBAG’ALLARNI XUSh KO’RMAYDI

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

Ha, tan olish kerak, Dubayda boylar ko’p, qimmatbaho mashinalar ko’chalarga sig’maydi. Ammo bu shaharda qashshoqlikdan o’lay deb turganlarning ham sanog’i yo’q, Ularni birov kimsan demaydi. Masalan, siz qaysidir firma yoki kompaniyada oddiy ishchi bo’lib ishlaysiz. Xudo ko’rsatmasin, bu firma yoki kompaniya inqirozga yuz tutsa, rahbarlarning birinchi qiladigan ishchi- xizmatchilarning — maosh hisobiga kun ko’rib kelgan ishchilarning uyidan tortib jihozlarigacha tortib olishdan iborat bo’ladi. Kambag’allar sudga, prokurorga, politsiyaga borib ham haqligini isbot qila olmaydi.

 

7.

 

SONAPUR — QAShShOQLAR MAKONI

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

Bu Dubaydagi u qadar katta bo’lmagan huud. Shu hudud allaqachon olisdan kelgan kambag’alishchi kuchining vataniga aylangan. Hozir u yerda o’ta dahshatli sharoitda jon saqlayotganlar soni 150 000 nafardan oshib ketgan. Sonapurda gigienaning o’zi qolmagan. Jajjigina xonalarda o’nlab odamlar yashaydi. Ovqat har kuni ham topila qolmaydi.

 

8.

 

DUBAYDAGI YoVVOYI HAYVONLAR ASLIDA YoVVOYI EMAS

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

Dubayliklarning haqiqatan puli ko’p. Ular pullarini qaerga qo’yishni bilishmaydi. Kimdir oltindan bunyod etilgan mashina sotib oladi. Kimdir dollar, yevro dengizida cho’miladi. Boylar yovvoyi hayvonlarni uy jonivoriga aylantirishni urf qilib olishganiga nima deysiz. Shayxlarni anchadan beri it va mushuklar qiziqtirmay qo’ygan. Ular yo’lbars, leopard, sherlar xarid qilishga o’tishgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…