XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

ROSSIYa PREZIDENTI VLADIMIR PUTIN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Putin Leningrad Davlat universiteti talabasi bo’lgach, oilasidagilar lotereya o’ynab «Zaporojes» yutib olishgan. Mashinani Putinga hadya qilishgan. Vladimir mashinani juda tez haydardi. Ammo biror marta bo’lsin avtohalokat sodir etmagan. To’g’ri, kunlarning birida kimdir kutilmaganda «Zaporojes»ning ballonlari ostiga o’zini otgan. Putin to’xtab, pastga tushgan va militsiya xodimlarini kuta boshlagan. Militsionerlar baribir piyodani aybdor deb topishgan.

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

2. Yoshligida Putin pivoning fanati edi. Germaniya demokratik respublikasida sovet razvedkasi rezidenti lavozimida ishlagan paytlar u har kuni «Radeberger» degan pivo sotib olardi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

3. 1979 yili Lyudmila Shekrebnyovaga uylanishidan burun boshqa bir Lyudmila degan qiz bilan uchrashib yurardi. U tibbiyot xodimasi edi. Ammo Shekrebnyovaga unashtirilgach, munosabatlarni uzgan.

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

4. Bo’lg’usi rafiqasi bilan Putin Arkadiy Raykin teatriga ketayotib, tasodifan tanishib qolgan. Lyudmila Shekrebnyova samolyotda styuardessalik qilardi. Yaqinlari bilan Kaliningradda yashardi. Ular 1983 yil 28 iyulda turmush qurishgan.

5. 1996 yili Sankt-Peterburgdagi taxtali uylardan biriga Putin mehmonga borgandi. Kutilmaganda yong’in sodir bo’ldi. Hamma jonini saqlash ilinjida ko’chaga chopardi. Lekin uy egasi qochishni unutib, pullari saqlanadigan jomadonni izlash bilan ovora edi. Putin o’shanda bildiki, jon barcha boyliklardan qimmatliroq ekan. Shuning uchun ikkinchi qavatdaligiga qaramay, jonholatda pastga sakradi.

6. 1994 yili Putin Gamburgdagi Yevropa ittifoqining Xalqaro seminarida ishtirok etgan. O’shanda Estoniya prezidenti Lennart Meri o’z chiqishi doirasida Rossiyani bir necha marta bosqinchilikda aybladi. Bu haqoratlarga chiday olmagan Putin zal eshigini taraqlatib yopgancha tashqariga chiqib ketgan.

7. Putin itlarni juda yaxshi ko’radi. Birinchi bo’lib boqib olgan iti «Malыsh» laqabli ovcharkasini 1990 yili mashina urib ketgan. Rossiya prezidentligiga saylangach, 2000 — 2010 yillar oralig’ida «Koni» laqabli labrador zotli itni boqqan. Bu itni Putinga o’sha yillari Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ishlagan Sergey Shoygu sovg’a qilgan. Koni kun-soati yetib qazo qilgach, Bolgariya bosh vaziri «Baffi» laqabli ovcharka sovg’a qildi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

8. Putin yoshi ancha ulg’aygandan keyin ot minishni o’rgangan. Bunday imkoniyatga u Rossiya prezidentiga aylangandan keyingina ega bo’ldi.

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

9. Yoshi oltmishga yaqinlashib qolganda, u xokkey o’ynay boshlagan. Putinning tashabbusi bilan Tungi Xokkey Ligasi tashkil etilgan.

XOH IShONING, XOH IShONMANG…

10. Putin markalar kolleksiyasi bilan ham shug’ullanadi. Lekin bu sohada Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev undan ilgarilab ketgan.

Olimjon HAYIT tayyorladi